Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi.
Unda Yaponiya kinematografiya san`atining o`ziga xos jihatlarini aks ettirgan ikkita badiiy va uch animasion film tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.
Tadbirda Tomoyuki Furumaya tomonidan suratga olingan «Voyaga etmaganlar uchun Busido» filmi namoyishi bilan boshlandi. «Miyori va sehrli o`rmon», «Nafis so`zlar bo`stoni», «Yoz kechasidagi uyqu», «Pakana Maruko» kabi filmlar namoyish etiladi.
Tadbirning ochilish marosimida “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito va boshqalar ishtirok etdi.
“O`zbekkino” milliy agentligi va Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida o`n ikkinchi bor tashkil etilgan Yaponiya kinosi kunlari 26 mart kuni nihoyasiga etadi, deya xabar beradi O`zA.






