UEFA mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 5-turida Italiya terma jamoasi o`z uyida Albaniya futbolchilari bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida De Rossi penaltidan hisobni ochgan bo`lsa, 80-daqiqada Chiro Immobile hisobni oshirdi. Aynan mana shu gollar Italiyaga ishonchli g`alaba keltirdi.
Italiya – Albaniya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 12, penalti de Rossi, 2:0 – 80 Immobile.
Italiya – Buffon, Bardzali, De Shilo, Dzappakosta, Bonuchchi, Verratti, de Rossi, Kandreva, Insine, Belotti, Immobile.
Albaniya – Strakosha, Ayeti, Veseli, Agoli, Lilya (Sadiku, 76), Memushay, Kukeli, Roshi (Grezda, 87), Basha (Lyatifi, 90), Xyusay, Sikaleshi.
Ogohlantirishlar: Memushay (11), Agoli (23), Veseli (79), Roshi (84), Kukeli (87).






