O`zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov OChL–2017 turniri “E” guruhi 5-turidan o`rin olgan “Ulsan Xyonde” (Janubiy Koreya) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Aziz Asimovga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Andrey Sapenko yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi malayziyalik Suhayzi bin Shukriga yuklatildi. Kanadalik Liu Hu hakamlar nazoratchisi bo`ladi. Uchrashuv komissari – qatarlik Rashid Mahbub al-Dosari.
Ma`lumot uchun, “Ulsan Xyonde” va “Kashima Antlers” klublari o`rtasidagi uchrashuv 26 aprel kuni Ulsan shahrida bo`lib o`tadi. Avvalroq Aziz Asimov Osiyo Kubogi–2019 turniriga saralash bosqichi o`yinida ishlashi haqida xabar berilgandi.






