AsosiySport

JCh–2018 saralashi. O`zbekiston termasi safarda Suriyaga imkoniyatni boy berdi

'JCh–2018 saralashi. O`zbekiston termasi safarda Suriyaga imkoniyatni boy berdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart, payshanba kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 6-turida Suriyaga qarshi bahs olib bordi.

Malayziyaning Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium maydonida bo`lib o`tgan o`yinda suriyaliklar 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Omar Harbin bo`ldi.

Mazkur uchrashuvdan so`ng O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o`rinda qoldi. Suriya terma jamoasi ochkolari sonini 8 taga etkazib, to`rtinchi o`rinda qolib ketdi.

JCh–2018 saralashi, 6-tur
Malakka, Malayziya
23 mart, payshanba

Suriya – O`zbekiston 1:0

Gol: Omar Harbin (90+1, penalti)

Ogohlantirishlar: Amro Jeniat (3), Holid Mobayad (44), Ibrohim Alma (90+4) – Islom To`xtaxo`jaev (13)

Suriya: 1.Ibrohim Alma, 2.Ahmad Al-Solih, 3.Muayed Al-Ajjan, 5.Omro Al-Midaniy, 6.Amro Jeniat, 7.Omar Harbin, 9.Mahmud Al-Mavas (Al-Hatib), 12.Fahad Yusuf (Al-Jafal, 76), 14.Tamir Muhammad, 19.Mardik Mardikyan (Al-Nakdali, 67), 20.Holid Mobayad.

O`zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimes, 4.Marat Bikmaev (Aleksandr Geynrix, 77), 5.Anzur Ismoilov, 6.Jaloliddin Masharipov (Eldor Shomurodov, 55), 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov, 9.Odil Ahmedov, 14.Temurxo`ja Abduxoliqov (Igor Sergeev, 64), 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Davronbek Hoshimov.

Boshqa yangiliklar