O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqiblari – Xitoy va Janubiy Koreya “A” guruhi 6-turida o`zaro bahs olib bordi.
Marchello Lippi shogirdlari mazkur o`yinda 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Yu Dabao tomonidan kiritilgan gol Xitoy terma jamoasiga uchinchi saralash bosqichidagi dastlabki g`alabani keltirdi.

Xitoy terma jamoasi ochkolari hisobini 5 taga etkazib olgan bo`lsa, Janubiy Koreya 11 ochko bilan qolib ketdi.
JCh–2018 saralashi, 6-tur
Changsha, Xitoy
23 mart, payshanba
Xitoy – Janubiy Koreya 1:0
Gol: Yu Dabao (34)
Ogohlantirishlar: Yin Xongbo (71) – Ji Dong-von (8).






