O`zbekiston milliy terma jamoasi Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium maydoniga etib keldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi a`zosi Viktor Jalilov Suriyaga qarshi o`yin oldidan o`z fikrlarini qisqacha bildirib o`tdi.
“So`nggi saralash bosqichining ikkinchi davrasi ostonasida turibmiz. Birinchi davrada raqiblar bir-birini yaxshi o`rgandi. Shundan kelib chiqqan holda har bir jamoa o`z strategiyasini ishlab chiqqan”, – dedi Viktor Jalilov.
Viktor Jalilov Malayziyadagi issiq ob-havo o`yin natijasiga ta`sir qilish-qilmasligi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Albatta, issiq va nam ob-havo o`yinga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qo`ymaydi. Hozir O`zbekistonda havo bu darajada issiq emas. Shuning uchun bu erdagi iqlimga ko`nikishga harakat qildik”, – dedi tajribali mutaxassis.






