O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Suriyaga qarshi JCh–2018 turniri “A” guruhi 6-tur uchrashuvini o`tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Suriyaga qarshi uchrashuv oldidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ham buni tasdiqladi. Moskvaning “Lokomotiv” safida to`p surayotgan Vitaliy Denisov “Spartak” klubiga qarshi (1:1) Rossiya chempionati 20-turida jarohat olgandi. Shu sababli u Malayziyaga bora olmadi.
O`zbekiston futbol Federasiyasi Vitaliy Denisovning ahvolini kuzatib boryapti. Uning Qatarga qarshi Toshkentda bo`lib o`tadigan o`yinda ishtirok etish-etmasligi tibbiy ko`rikdan so`ng ma`lum qilinadi.
Eslatib o`tamiz, Qatar terma jamoasiga qarshi uchrashuv 28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 18:00 da boshlanishi ko`zda tutilgan.






