Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Orelka qishlog`ida yashovchi erkak shishadoshlari bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, granata borligini maqtanayotganda uni portlatib yubordi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Portlash oqibatida bir kishi halok bo`ldi, ikki kishi yaralandi, deb ma`lumot berdi Ukraina Milliy polisiyasiga qarashli viloyat boshqaruv matbuot xizmati. Uning yozishicha, voqea seshanba kuni kechqurun ro`y bergan.
47 yoshli erkak 33 va 45 yoshli o`rtog`i bilan uyida spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Shunda uy egasi qishloqdoshlariga unda RGD-5 granatasi borligi bilan maqtanmoqchi bo`lgan. Oqibatda granata portlab, uy egasi olgan tan jarohatidan kasalxonada vafot etdi, sheriklari ham yaralanib, kasalxonaga yotqizildi. Hozirda ularning ahvoli o`rtacha og`irlik darajasida. Mazkur fakt yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






