Ispaniya chempionati 28-tur markaziy o`yinida “Atletiko Madrid” o`z maydonida “Sevilya”ga qarshi kurash olib bordi.
Gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida gollarga Diego Godin, Antuan Grizmann va Koke mualliflik qildi. “Sevilya”da javob golini Korrea kiritdi.

Atletiko – Sevilya – 3:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – Godin 37, 2:0 – Grizmann 61, 3:0 – Koke 77, 3:1 – Korrea 85.
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko (Xuanfran 2), Godin, Niges, Gabi, Karrasko (Gaytan 83), Koke, Grizmann, Gameyro (Torres 63).
Sevilya: Riko, Rami, Lengle (Yovetich 46), Eskudero, Merkado, Nzonzi, Sarabiya (Iborra 64), Vitolo, Nasri, Mariano, Ben-Yedder (Korrea 64).
Ogohlantirishlar: Eskudero 23, Filipe Luis 40, Sarabiya 47, Karrasko 55, Merkado 60, Godin 66, Torres 82.






