Angliya chempionati 29-turida “Manchester Yunayted” jamoasi safarda “Midlsbro” mehmoni bo`ldi.
Gollarga boy kechgan o`yinda mankunianlar 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Maruan Fellayni hisobni ochgan bo`lsa, 62-daqiqada Jessi Lingard hisobni oshirdi.
77-daqiqada Jested hisobni qisqartirdi. Ammo Valensiya o`yin yakunida gol urib, “MYu”ning g`alabasiga hissa qo`shdi.
Midlsbro – Manchester Yunayted - 1:3
Gollar: Jested 77 — Fellaini 30, Lingard 62, Valensiya 90+3.
Midlsbro: Valdes, Espinosa, Fabio, Barragan, Gibson, Lidbitter (Jested, 67), Kleyton, Dauning, de Ron, Ramires (Traore, 68), Negredo.
Manchester Yunayted: De Xea, Jons, Smolling, Bayi, Valensiya, Kerrik, Yang, Mata (Roxo 69), Fellayni, Lingard (Marsyal, 80), Reshford (Darmian, 90+5).
Ogohlantirishlar: Jons (25), Kleyton (33).






