Ijtimoiy tarmoqda Nyu-Yorkda bir necha kundan beri avjiga chiqqan qor bo`roni aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Kadrda qordan tozalanmagan temiryo`l bekatida turgan yo`lovchilarning ustiga katta tezlikda kelayotgan poezd qor sachratib, ularning qor tagida qolganligini ko`rish mumkin. Yo`lovchilar qor tagidan necha daqiqada chiqib olgani noma`lum bo`lsa-da, ammo bu darajada ko`p yoqqan qorni tozalash uchun ancha vaqt ketgani tayin.
Nyu-Yorkda noqulay ob-havo sharoiti tufayli BMTning shtab-kvartirasi, ijtimoiy muhim ob`ektlar ham yopib qo`yilgan.






