AsosiyJamiyat

​20 mart (dushanba) dam olish kuni deb e`lon qilindi: bu kimlarga taalluqli?

'​20 mart (dushanba) dam olish kuni deb e`lon qilindi: bu kimlarga taalluqli?'ning rasmi

2017 yil 16 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “2017 yil 18 mart shanba dam olish kunini 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko`chirish to`g`risida”gi qarorga imzo chekdi.

Prezident qarorida ta`kidlanganidek, umumxalq Navro`z bayramining yurtimiz ma`naviy hayotidagi katta o`rni va ahamiyatini e`tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

2017 yil 18 mart shanba dam olish kuni 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko`chirilsin va ish kuni deb hisoblandi.

2017 yil 20 mart dushanba kuni dam olish kuni deb e`lon qilindi.

Mazkur qaror haqida internet tarmoqlarida xabar tarqalgach, ko`pchilikda savol tug`ildi: dushanba kuni kimlar dam oladi?

Va ko`pchilik bu qaror haftasiga olti ish kunida ishlaydiganlar uchun taalluqli emas, deya fikrlashmoqda. Dastlab qaror haqida eshitganimda va o`qiganimda men ham shunaqa deb o`ylagandim. Ammo keyinroq adashganimni ma`lum qilishdi, deya ma`lum qildi huquqshunos Xushnudbek Hudoyberdiev.

Sababi bu yilgi qarorda oldingilaridan farq qiladigan tomoni bor ekan. Ilgari xuddi shu mazmunda chiqadigan qarorlar faqat rasman shanba dam olish kuni bo`lgan xodimlarga taalluqli bo`lardi, 6 ish kunidagilar yoki talabalar uchun bunday qarorlar tatbiq etilmasdi. Shifokor ishiga borardi, talaba o`qishiga.

Kecha chiqqan qaror esa oldingilaridan mazmunan keskin farq qilib, butun Respublika xalqi uchun 20 mart dushanba kuni dam olish kuni deya e`lon qilindi. Bu juda quvonarli holat, albatta!

Buni quyidagicha tushunish mumkin:

Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun (shanba rasman dam olish kuni bo`lganlarga):

18 mart (shanba) ish kuni, 19, 20, 21 mart (yakshanba, dushanba, seshanba) – dam olish kuni.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun:

18 mart (shanba) ish kuni, 19, 20, 21 mart (yakshanba, dushanba, seshanba) – dam olish kuni.

Talabalar uchun:

18 mart (shanba) o`qish kuni, 19, 20, 21 mart (yakshanba, dushanba, seshanba) – dam olish kuni.

Boshqa yangiliklar