AsosiyDunyo

​Italiyalik og`ufurush Facebook’ ga joylashtirgan fotosuratlari bilan o`zini tutib berdi

'​Italiyalik og`ufurush Facebook’ ga joylashtirgan fotosuratlari bilan o`zini tutib berdi'ning rasmi

Jazodan qochgan, qidiruvda bo`lgan italiyalik og`ufurush Facebook sahifalariga joylashtirgan fotosuratlari bilan o`zini polisiyaga tutib berdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

2016 yilning may oyida Sardiniya oroli huquq-tartibot idorasi tomonidan og`ufurushlikda, mansabdor shaxsga bo`ysunmaganlikda ayblangan Ivan Fornari (Ivan Fornari)ga nisbatan qidiruv e`lon qilingan edi. U ilgari pissa tayyorlovchi bo`lib ishlagan, keyinchalik esa og`ufurushlar to`dasiga a`zo bo`lgan. Italiyada unga 5 yilu 7 oy qamoq jazosi tayinlangan edi. U jazodan qutilish uchun Meksikaga qochib ketgan. Fotosuratlardan uning ko`ngilli dam olganini – dengizda cho`milganini, trenajyor zalida sport bilan shug`ullanganligini, tarixiy obidalarga sayohat uyushtirganini, futbol tomoshasiga borganligini ko`rish mumkin. Fornari hayotining eng esda qolarli lahzalarini suratga olib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirib borgan.

Aynan mana shu fotosuratlarni tahlil qilib, uning nafaqat qaerdaligini, balki uyining, ishining, boradigan sportzalining manzilini aniqlagan Italiya polisiyasi Ivan Fornarga nisbatan to`plangan hujjatlarni Interpolga taqdim etdi. Jinoyatchini qo`lga olishda Meksika polisiyasi ham yordam berdi. Fornar Mexikodan Rimga yuborildi. U jazoni o`tash uchun Chivitavekkya qamoqxonasiga joylashtirildi.

Boshqa yangiliklar