Sisiliyadagi Etna vulqonining otilishidan bir guruh sayyohlarning halok bo`lishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
G`aroyib kadrni suratni olish istagida bo`lgan sayyohlar krater yaqiniga kelib qolganini sezishmadi, ayni shu paytda vulqondan lava otildi. Guvohlarning aytishicha, lavaning balandligi 270 metrga etgan.
Lava sachrashi oqibatida 10 kishi, shu jumladan VVS telekompaniyasining jurnalisti ham jabrlandi. Ularning hammasi kuyish va tosh sachrashidan tan jarohati oldi. Kuchli portlash oqibatida sayyohlar kratergacha minib borgan vezdexodlarning oynalari sinib ketdi. Bir nechta yaradorlar qutqaruvchilar tomonidan evakuasiya qilindi. Ayni paytda ular kasalxonada, hayotlari xavf ostida emas.






