“O`zbekiston havo yo`llari” MAKga qarashli “Maxsus aviasiya ishlari” 14 martdan boshlab Respublikamiz dalalarida bahorgi aviakimyo ishlarini bajarishga kirishdi.
Mart-may oylarida 35 foiz aviakimyoviy ishlar bajarilishi lozimligini hisobga olgan “kichik aviasiya” mutaxassislari oldindan samolyot-motor parki va uning ekipajini shu davrga tayyorlashga kirishdi. Asosiy diqqat-e`tibor avansga, mineral o`g`it va zaharli ximikatlar olishga, qishloq aerodromlarida tayyorgarlik ishlarini olib borishga, aviayoqilg`i bilan ta`minlashga, aviaishlov berish sifatiga qaratildi.
Respublikamiz hududida etishtiriladigan qishloq xo`jalik g`alla o`simliklarini o`g`itlash uchun ekipaji bilan birga 14 ta An-2 samolyotlari tayyorlab qo`yildi. Namangan aviabo`g`inidan 1 samolyot Farg`ona viloyat aviabo`g`iniga, Qarshi aviabo`g`inidan 2 samolyot Qashqadaryo avia bo`g`iniga ko`chirildi. Shuningdek, Buxoro viloyatidan ham 3 ta samolyot ko`chirilishi ko`zda tutildi.
Joriy yilda “Maxsus aviasiya ishlari” aviakompaniyasi 960 soat parvoz davomida havodan turib, 32 ming gektar erga ishlov berishni rejalashtirdi.






