AsosiyJamiyat

​Abdulaziz Kamilov ETTB prezidenti bilan uchrashdi

'​Abdulaziz Kamilov ETTB prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

2017 yilning 16 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) mamlakatimizga tashrif buyurgan nufuzli delegasiyasiga boshchilik qilayotgan ETTB Prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston va bank o`rtasidagi to`laqonli, konstruktiv ruhdagi va o`zaro manfaatli hamkorlikni qayta tiklash nuqtai nazaridan munosabatlarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi qoidalarini hamda mamlakatimizda keng ko`lamli islohotlar va chuqur o`zgarishlar amalga oshirishga yo`naltirilgan boshqa qarorlarni hayotga tatbiq etishda ETTB ishtirokidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta`kidlandi.

Boshqa yangiliklar