Madridning “Real” jamoasi rahbariyati himoyachi Pepe kelasi mavsumda madridliklar sharafini himoya qilmasligiga ishonmoqda.
“Qirollik klubi” vakillari portugaliyalik futbolchiga o`rinbosarni uning vatanidan topdi. “Real” “Portu” himoyachisi Augusto Felipe agenti bilan og`zaki kelishuvga erishib bo`ldi.

Endiliklar madridliklar “Portu” rahbarilari bilan muzokara o`tkazadi. 27 yoshli braziliyalik himoyachining “Portuga” bilan kelishuvi 2021 yilgacha mo`ljallangan. Uning tovon puli esa 50 mln evroni tashkil qiladi.






