Ijtimoiy tarmoqlarda kamdan-kam uchraydigan tabiat hodisasi aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Tasmaniya dengizi qirg`oqlari yorqin-ko`kimtir rangli yog`duga ko`mildi. Bunday hodisaning yuz berishiga bir hujayrali lyuminissiyalangan Noctiluca scintillans nomli suv o`tlari sabab bo`ldi. Ular oddiy tilda “tunda nur taratuvchi” deb ham ataladi. Mexanik va kimyoviy omillar natijasida mazkur suv o`tlari o`zidan yog`du taratadi.






