Germaniya moliya vazirligidan maksimal darajada ziyon etkazishga mo`ljallangan qo`lbola bomba topildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Ichida qo`lbola bomba bo`lgan o`ram Germaniya federasiyasi moliya vazirligiga pochta orqali yuborilgan. Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari binoni o`rab olib, xavfli o`ramni shahardan tashqariga olib chiqdi va maxsus poligonda yo`q qildi. Hozircha polisiyachilar mazkur hodisa yuzasidan gumonlanuvilar bor-yo`qligi haqida ma`lumot bermadi, faqatgina bo`lib o`tgan voqeani terakt o`tkazishga urinish deb tasnifladi.






