AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda mashg`ulotlar o`tkazmoqda

'O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda mashg`ulotlar o`tkazmoqda'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 6-turi oldidan Toshkentda tashkil etilgan qisqa muddatli yig`ini davom etmoqda.

Kecha, 14 mart kuni Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi o`yinlari uchun 23 futbolchidan iborat tarkibini e`lon qilgan edi. Bugun, 15 mart kuni esa terma jamoa a`zolari “Paxtakor” stadionida mashg`ulotlar o`tkazdi.

“Al-Jaish”da to`p surayotgan Sardor Rashidov terma jamoa ixtiyoriga bugun kelib qo`shildi. Odil Ahmedov “Shanxay SIPG” bilan OChL–2017 turnirida ishtirok etayotgani bois Malayziyada terma jamoa ixtiyoriga qo`shiladi. Moskvaning “Lokomotiv” klubida to`p surayotgan Vitaliy Denisov ham terma jamoa vakillari bilan Malayziyada ko`rishadi.

“Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov engil jarohat olgani tufayli individual tarzda mashg`ulotlar olib bordi. Qolgan futbolchilar umumiy guruhda shug`ullandi

Ma`lumot uchun, terma jamoa 23 mart kuni Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi. O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to`plagan holda to`rtinchi o`rinni band qilib turibdi.

Boshqa yangiliklar