AsosiySport

Ronaldu “Real” prezidentidan yangi hujumchi sotib olishni so`radi

'Ronaldu “Real” prezidentidan yangi hujumchi sotib olishni so`radi'ning rasmi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresdan “Portu” hujumchisi va hamyurti Andre Silvani sotib olishni so`radi. Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.

Xabarlarga ko`ra, ayni vaqtida Silvaning tovon puli 60 million evroni tashkil qiladi. Madrid klubi uni sotib olish uchun kamida mana shu summani to`lashi lozim bo`ladi.

Joriy mavsumda Andre Silva Portugaliya chempionatining 24 uchrashuvida 15 ta gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Uning “Portu” bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha mo`ljallangan.

Boshqa yangiliklar