Odessalik Lada Laferova o`zining Facebook sahifasida kimdir kaptarlarga tashlagan non ushog`ini terib eyayotgan ayolning suratini joylashtirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Voqeaga guvoh bo`lgan qizning aytishicha, qorni och qolgan ukrainalik ayol kaptarlarni quvib, erda yotgan non bo`lagini shoshilgancha og`ziga solgan.
“Kimdir kaptarlarga non otdi, shunda bir ayol qushlar to`dasiga o`zini urdi. U avvaliga sekingina kaptarlarning oldiga o`tirdi, atrofga alanglab, hech kim yo`qligiga ishonch hosil qilgach, erda yotgan non bo`lagini og`ziga tiqdi”, deb yozdi Lada Laferova.
Voqeaga guvoh bo`lgan yana bir bola etaklagan ayol, qo`lidagi sumkadan oziq-ovqat olib, bechora ayolga hadya etgan. Lara Laferova bu voqedan larzaga kelganini, mamlakatni shu ahvolga keltirib, xalqini och qoldirgan odamlarga nisbatan nafrat uyg`onganini qo`shimcha qildi.






