AsosiySport

“Lokomotiv”ning 6 nafar a`zosi terma jamoa yig`iniga jalb etildi

'“Lokomotiv”ning 6 nafar a`zosi terma jamoa yig`iniga jalb etildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida mundial–2018 saralash bosqichi doirasida ikkita uchrashuv o`tkazadi. Dastlab bosh jamoamiz 23 mart kuni Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, so`ngra 28 martda Qatar termasi bilan kuch sinashiladi.

Bugun O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan mazkur uchrashuvlarga chaqirilgan futbolchilar ro`yxatini e`lon qildi. Unga ko`ra, “Lokomotiv” jamoasining 6 nafar a`zosi terma jamoa yig`inida ishtirok etishadi. Bular: Ignatiy Nesterov, Islom To`xtaxo`jaev, Oleg Zoteev, Marat Bikmaev, Jaloliddin Masharipov hamda Salamat Qutiboev.

Ushbu futbolchilar “Istiqlol” bilan bo`lgan uchrashuvdan so`ng to`g`ri terma jamoa ixtiyoriga yo`l olishdi.

Boshqa yangiliklar