Turkiya Gollandiya hukumati bilan diplomatik aloqalarni to`xtashiga qaror qildi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.
Turkiya Vazirlar mahkamasi kecha o`tkazgan maxsus yig`ilishda Gollandiya bilan barcha aloqalarni to`xtashiga qaror qildi. Birinchi navbatda Gollandiya elchisi mamlakatga kiritilmaydi. Turkiya hukumati ayni paytda mehnat ta`tilida bo`lgan elchiga Anqaraga qaytib kelmaslikni ma`lum qildi va barcha yuqori darajadagi uchrashuvlarni ham bekor qildi. Ularning bunday qarorga kelishiga gollandiyaliklarning Turkiya tashqi ishlar vaziri Melyut Chavushoglini, keyinchalik oilaviy ishlar va ijtimoiy siyosat vazirini qirollikka kiritmagani sabab bo`ldi. Bunday ko`ngilsiz holatdan keyin Rajab Erdo`g`an Gollandiya hukumati ustidan sudga murojaat qilishini ma`lum qildi.
“Biz inson huquqlari bo`yicha Evropa sudiga murojaat qilamiz. Vazirlarimiz kerakli hujjatlarni tayyorlashyapti. Ilgaridan qanday javob eshitishimizni bilsak-da, qonun doirasida ish ko`ramiz. Biz ilk qadamni tashlaymiz, qolgani ularga havola”, dedi Erdo`g`an.
Bunday diplomatik nizo har ikki mamlakat ichki hayotiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Chunki Gollandiyada parlament saylovi o`tkazilishi kerak bo`lsa, Turkiyada aprel oyining o`rtalarida prezident vakolatini kengaytirish bo`yicha referendum o`tkazilishi ko`zda tutilgan.






