AsosiySport

Dibala “Yuventus”ni “Real”, “Barselona” va “Bavariya”dan ustun quydi

'Dibala “Yuventus”ni “Real”, “Barselona” va “Bavariya”dan ustun quydi'ning rasmi

“Yuventus” jamoasi hujumchisi Paulo Dibala “Portu”ga qarshi EChL nimchorak final javob o`yini oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“EChLning joriy mavsumida “Yuventus” boshidanoq yaxshi o`yin namoyish qilmoqda. Ba`zi jihatlar bo`yicha esa biz “Real”, “Barselona” va “Bavariya”dan ham ustunmiz”, – dedi argentinalik futbolchi.

“Real”, “Barselona” va “Bavariya” EChL chorak finaliga chiqib bo`ldi. “Yuventus” bugun “Portu”ga qarshi o`z uyida javob o`yinini o`tkazadi. Ilk o`yinda turinliklar 2:0 hisobida zafar quchgan.

Boshqa yangiliklar