Amerika Qo`shma Shtatlarining Nyu-York shtatidagi Ontario ko`li qirg`og`ida joylashgan uylardan biri kuchli qor bo`ronidan keyin batamom muz bilan qoplandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Mazkur uy aks etgan videorolikni John Kucko Digital nomli foydalanuvchi o`zining Feysbuk sahifasiga 12 mart kuni joylashtirgan. Videorolik bir kunda 32 ming marotaba tomosha qilingan. Nyu-Yorkda kuchli qor bo`roni bo`lib, qorning qalinligi 30 santimetrni tashkil etgan.






