Angliya Kubogi chorak final so`nggi o`yinida “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari o`zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan o`yinda yagona gol yarim final masalasini hal qildi. 50-daqiqada Ngolo Kante tomonidan kiritilgan yagona gol Londok klubini yarim finalga olib chiqdi.
Shu tariqa, “Chelsi” jamoasi “Tottenxem”, “Arsenal”, “Manchester Siti” singari yarim finalga chiqdi.

Chelsi – Manchester Yunayted 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 50 Kante.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 89), Villian (Fabregas, 81), Kante, Azar, Diego Kosta (Batshuayi, 90).
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Roxo, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 37), Errera, Yang (Lingard, 81), Pogba, Darmian, Reshford.
Ogohlantirishlar: Errera (20), Yang (79), Diego Kosta (87).
Chetlatish: Errera (35).






