AsosiySport

“Lokomotiv” Tehronda “Istiqlol”dan mag`lubiyat qabul qilib oldi

'“Lokomotiv” Tehronda “Istiqlol”dan mag`lubiyat qabul qilib oldi 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 3-turida Eronning “Istiqlol” jamoasi o`z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” futbolchilarini qabul qildi.

Mazkur o`yinda tehronliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Farshid Ismoili hisobni ochdi. 84-daqiqada Ali Gorbani himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, hisobni oshirdi – 2:0. O`yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi.

Mazkur o`yindan keyin “Lokomotiv” 3 ochko bilan “A” guruhida hozircha oxirgi – to`rtinchi o`rinni egallab turibdi. “Istiqlol” 6 ochko jamg`argan holda hozircha 1-o`rinni band qildi.

OChL–2017. “S” guruhi, 3-tur
Tehron, “Ozodi” stadioni
13 mart, dushanba

“Istiqlol” Tehron (Eron) – “Lokomotiv” (O`zbekiston) 2:0

Gol: Farshid Ismoili (37), Ali Gorbani (84)

“Istiqlol”: 1.Mahdi Rahmati, 2.Xusro Xaydari, 3.Robson Januario, 6.Omid Ibrohimi, 9.Kaveh Rizoi, 17.Ali Gorbani (28.Sayid Muhsin Karimi, 90), 18.Milad Zakipurkinji, 24.Omid Nur Afkan, 77.Behnam Barzayi (14.Farshid Bageri, 88), 88.Farshid Ismoili (74.Mujtaba Xaqdo`st, 77), 90.Leandro Padovani

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo`ldoshev, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Salamat Qutiboev (29.Quvondiq Ro`ziev, 80), 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev (22.Murod Bobojonov, 89), 18.Timur Kapadze (7.Nore Krizo, 68), 20.Islom To`xtaxo`jaev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 99.Jaloliddin Masharipov.

Boshqa yangiliklar