AsosiySport

Sergey Lushchan: Ahmadaliev, Komilov va Shomurodovning o`rni bilindi

OChL–2017 “S” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” (0:2) jamoalari o`rtasidagi uchrashuvdan keyin “qaldirg`ochlar” ustozi Sergey Lushchan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda qayd etilgan natija uchun muxlislardan uzr so`rayman. Ular bizni qo`llab-quvvatlash uchun kelishgandi. Biroq biz mag`lubiyat alamini totidik. Qatorasiga ikki o`yinda qizil kartochka? Intizom borasida futbolchilarga kerakli ko`rsatmalar beriladi. Ammo bu holatni izohlay olmayman. Bugun o`ylagan rejalarimiz amalga oshmadi.

Dostonbek Hamdamov yaxshi o`ynadi. Otabek Shukurov ham yomon harakat qila olmadi, ammo u bundanda yaxshiroq o`ynashga qodir. Ahmadaliev, Komilov va Shomurodovning o`rni bilindi. Murabbiy almashish orqali natija yaxshilanadigan bo`lsa, bunga tayyorman. Barchasini rahbarlar hal qiladi”, – dedi Sergey Lushchan.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” guruh bosqichida qatorasiga uch o`yinda mag`lubiyatga uchradi va so`nggi – 4-pog`onani band qilib turibdi. “Zob Ahan” 4 ochko bilan hozircha ikkinchi o`rinda bormoqda.

Boshqa yangiliklar