AsosiySport

OChL–2017. “Bunyodkor” o`z maydonida “Zob Ahan”ga imkoniyatni boy berdi

'OChL–2017. “Bunyodkor” o`z maydonida “Zob Ahan”ga imkoniyatni boy berdi 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turida “Bunyodkor” jamoasi Toshkentda Eronning “Zob Ahan” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida “Zob Ahan”ning gonduraslik hujumchisi Jerri Bengston hisobni ochgan bo`lsa, 90-daqiqada Murtazo Tabrizi penaltidan gol urdi va yakuniy hisob 0:2 ko`rinishini ta`minladi.

Qayd etish kerakki, “Bunyodkor” 63-daqiqadan boshlab 1 kishi kam bo`lib harakat qildi. Vadim Chemirtan raqibiga nisbatan qo`pol o`ynagani uchun qizil kartochka oldi.

Shunday qilib, Sergey Lushchan jamoasi guruh bosqichidagi qatorasiga uchinchi o`yinda mag`lubiyatga uchradi. “Zob Ahan” ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi.

OChL–2017. “S” guruhi, 3-tur
Toshkent, “Bunyodkor” stadioni
13 mart, dushanba

“Bunyodkor” (O`zbekiston) – “Zob Ahan” (Eron) 0:2

Gollar: Jerri Bengston (55), Murtazo Tabrizi (90)

Ogohlantirish: Alisher Sanoev (90)

Chetlatish: Vadim Chemirtan (63),

“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 5.Javlon Mirabdullaev, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov (20.Sardorbek Azimov, 74), 11.Vadim Chemirtan, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To`xtasinov (16.Alisher Sanoev, 70), 29.Otabek Shukurov (97.Javohir Esonqulov, 53), 30.Xurshid G`iyosov.

“Zob Ahan”: 12.Muhammadrashid Mazaheri, 2.Muhammad Nejad Mehdi, 3.Vohid Muhammadzoda, 6.Mahdi Mahdipur, 7.Sayid Muhammadrizo, 10.Ehson Pahlavon, 18.Ali Hamam, 23.Danial Esmoilfar, 24.Mehron Derakshanmehr, 27.Jerri Bengston (11.Murtazo Tabrizi, 76), 30.Mahli Rajabzoda (9.Rabih Ataya, 81).

Boshqa yangiliklar