AsosiyDunyo

​Bu qahramonimiz har kuni yovvoyi hayvonlarni o`limdan asrab qoladi.

'​Bu qahramonimiz har kuni yovvoyi hayvonlarni o`limdan asrab qoladi.'ning rasmi

Jonivorlarga vaqtini ayamay yordam qo`lini cho`zayotgan insonlardan biz hamisha tasanno aytib kelganmiz.

Tanishing, bu Patrik Kilonzo Mvalua. U, mana, bir yildirki, Keniya milliy parkidagi hayvonlarni suvsizlikdan qutqarib kelmoqda.


Suv tashish g`oyasi qurg`oqchilikdan barcha suv manbalari qurib qolgandan keyin paydo bo`ldi. O`shanda Patrik milliy parkning turli joylariga suv eltib berish uchun yuk mashinasini ijaraga oladi. U har kuni suv manbalarini to`ldirish uchun yo`lga bir necha soat sarflaydi. Fillar, buyvollar, antilopalar va zebralar tanish motor ovozini eshitishlari bilanoq yugurib kelishadi. Ba`zida Patrik hayvonlarni kutib ham o`tirmaydi. Masalan, bir safar tunda mashinada kelayotib suvloqda o`zini kutib turgan hayvonlarni ko`radi.


Bugun uning asosiy maqsadi — ko`proq hayvonlarni sug`orish uchun mo`lroq suv tashuvchi mashinalar sonini ko`paytirishdir. Yaqinda AQShlik uch nafar ayol Patrikning loyihasi uchun internet orqali mablag` yig`a boshlashdi. Hozircha yangi yuk tashuvchi mashnia sotib olish uchun $ 18 000 naqd. Qolaversa, bu keniyalik qahramonimiz “Savo ko`ngillari” loyihasini ham boshqarib boradi. Bunda Patrik maktablarga borib, bolalarga yovvoyi tabiatni asrash qanchalik ahamiyatli ekanini so`zlab beradi.







Boshqa yangiliklar