“Tegel” va “Shenefeld” nomli ikki Berlin xalqaro aeroportining er usti xizmati xodimlari dushanba kundan ish tashladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Ish tashlash tufayli 642 ta reys bekor qilinadi.
Kasaba uyushmasi xodimining ma`lumot berishicha, samolyotlarga xizmat ko`rsatish mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da to`xtatiladi. Germaniyaning etakchi aviatashuvchi kompaniyasi bo`lgan Lufthansa kompaniyasi umumiy hisobni aytmagan holda, 13 mart kuni Berlindan Frankfurtga, Myunxenga uchadigan reyslari bekor qilinishini e`lon qildi. O`tgan hafta ham aeroport xodimlari ish tashlash e`lon qilganligini tufayli 650 ta reys bekor qilingan edi.






