AsosiySport

“Paxtakor” o`yiniga chipta sotib olgan muxlislar “Damas” mashinasini yutib olishi mumkin

'“Paxtakor” o`yiniga chipta sotib olgan muxlislar “Damas” mashinasini yutib olishi mumkin'ning rasmi

Oliy Liga 3-turida “Paxtakor” jamoasi o`z maydonida “Dinamo” futbolchilarini qabul qiladi. Mazkur uchrashuvda “Paxtakor” stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg`alar kutmoqda.

Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz “Omadli muxlis” sovrinli aksiyasida ishtirok etib, asosiy sovg`a sifatida “Damas” avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo`ladi, deb yozadi klub rasmiy sayti.

Shuningdek, stadionga kelgan muxlislar barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin va bu borada zarur ishlar amalga oshiriladi. Chiptalar 10 va 20 ming so`mdan stadion kassalarida sotuvga chiqariladi.

Boshqa yangiliklar