AsosiyDunyo

Janubiy Afrikalik erkak ilk marotaba Atlantikani eshkakli taxtada suzib o`tdi

'Janubiy Afrikalik erkak ilk marotaba Atlantikani eshkakli taxtada suzib o`tdi'ning rasmi

Janubiy Afrikalik Kris Bertish dunyoda ilk marotaba Atlantikani eshkakli taxtada suzib o`tdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Bertish safarni bundan 93 kun muqaddam Marokashning Agadir shahridan boshlagan edi. U payshanba kuni Karib dengizining Antigua orolida mag`alliy vaqt bilan soat 8:32 da safarni yakunladi.

42 yoshli Kris birtaniyalik kemalar konstruktori Fil Morrison tomonidan uning uchun olti oy davomida maxsus yaratilgan narxi 120 ming dollarlik 6 metrli taxtada sayohatni amalga oshirdi.

Taxtaning oldingi qismida uxlash uchun moslashtirilgan kichkina kayuta mavjud. Bertish bu erda uxlashdan tashqari sayohatda zarur bo`ladigan asbob-uskunalar: GPS, UKV-radio tizimlarini, avtopilot, yo`ldoshli telefonni, quyoshli panellarni, shuningdek, ichimlik suvini ham saqlagan. Sayohat davomida u “akulalarga, po`rtanaga va yolg`izlikka” duch keldi. Bertish kun davomida o`rta hisobda 69 kilometr yo`l bosdi. Sayohatning so`nggi kunida esa tezroq harakat qilib, bir kunda 95 kilometrni bosib o`tishga muvaffaq bo`ldi. U asosan kechasi suzdi, quvvatini tiklashga proteinli kokteyllar, muzlatilgan yarim fabrikat mahsulotlari va quritilgan go`sht yordam berdi.

U sayohatni tugatishiga taxminan bir soat qolganda o`zining Feysbuk” sahifasida “Esimni taniganimdan beri mazkur loyihani amalga oshirishga intildim. So`nggi besh yil davomida esa sayohatni amalga oshirish uchun bor-budimni tikdim”, deb yozdi.

    Boshqa yangiliklar