“Arsenal” jamoasi yarim himoyachilari Aleks Oksleyd-Chemberlen va Mesut O`zil o`z faoliyatlarini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, O`zil klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor emas. Germaniyalik futbolchi jamoa natijalaridan qoniqmayapti va yozda ketishi mumkinligini yaqinlariga aytgan.
“Arsenal” rahbariyati Oksleyd-Chemberlenga yangi shartnoma taklif qilmadi. Yarim himoyachining amaldagi kelishuvi 2018 yil yozida tugaydi. Shu sababli u erkin agentga aylanmasdan oldin klubdan ketmoqchi.
Avvalroq Aleksis Sanches “Arsenal”da baxtiyor emasligini bildirib, klubdan ketish niyati bor ekanini aytgan.






