AsosiyJamiyat

​Turkmanistonda Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochiladi

'​Turkmanistonda Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochiladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Turkmanistonga jo`nab ketdi.

Shavkat Mirziyoev uchun bu O`zbekiston Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashrif bo`ldi. O`z o`rnida u Gurbanguli Berdimuhammedovning uchinchi bor mamlakat prezidenti etib saylanganidan keyingi ilk yuqorimartabali mehmoni bo`ladi.

Tashrif doirasida strategik hamkorlik to`g`risida, har sohada hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha ikkitomonlama hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

SA-news bergan xabarga ko`ra, Shavkat Mirziyoev Turmanistonning Turkmanobod (Chorjo`) shahrida O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasining ochilishida ham qatnashadi.

    Boshqa yangiliklar