O`zbekiston Futbol Federasiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasi hamkorligida shu yilning 10–15 mart kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasida futzal murabbiylari uchun OFKning Level 1 o`quv-kurslari o`tkaziladi.
Nazariy va amaliy mashg`ulotlardan iborat o`quv-kurslar Nukus shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida bo`lib o`tadi. Murabbiylik kurslarini OFK instruktori Avaz Maksumov olib boradi. Unga Level 2 lisenziyasiga ega bo`lgan Jalimov Ontar va Xromov Konstantin assistentlik qiladi.

Ma`lumot uchun, Level 1 lisenziyasini qo`lga kiritgan murabbiylar keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o`qishni davom ettirish huquqiga ega bo`ladi.






