Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida yorqin o`yini bilan ajralib turishi hamda jamoasi muvaffaqiyatiga hissa qo`shishi kutilayotgan 23 yoshgacha bo`lgan 23 nafar iste`dodli futbolchini e`tirof etdi.
Ular orasida O`zbekiston U-20 va U-23 terma jamoalarida to`p surgan, 2015 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi, ayni vaqtda Toshkentning “Bunyodkor” klubi a`zosi Dostobek Hamdamov ham bor, deya ma`lum qildi O`FF matbuot xizmati.
Brendon Borelo
Klub: “Brisben Roar” (Avstraliya)
Yoshi: 21
Avstraliyalik futbolchi OChL turnirida o`z debyutini 2015 yilda o`tkazgan va ikkita gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Bu yilgi musobaqada ham Brendon Borelo uchun o`zgacha bo`lishi kutilmoqda.
Naomichi Uida
Klub: “Kashima Antlers” (Yaponiya)
Yoshi: 22
Iqtidorli himoyachi Yaponiya U-16, U-19 va U-22 termalarida o`ynagan. Shuningdek, Naomichi Uida 2016 yili Qatarda bo`lib o`tgan U-23 Osiyo chempionatida Yaponiya olimpiya termasi bilan chempion bo`lgandi.
Kim Gun Xi
Klub: “Suvon Samsung Blyuuings”
Yoshi: 21
Koreyalik yosh futbolchi 2016 yilgi OChL musobaqasida debyut o`tkazib, guruh bosqichida “Shanxay SIPG”ga qarshi (3:0) o`yinda dubl qayd etgandi.
Rojer Martines
Klub: “Jiangsu Suning” (Xitoy)
Yoshi: 22
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi o`tgan yili Argentinaning “Rasing” klubidan “Jiangsu Suning” jamoasiga braziliyalik Aleks Teysheyraga potensial sherik sifatida hamda Xitoyda “Guanchjou Evergrand”ning hukmronligiga yakun yasash uchun olib kelindi.
Yosuke Ideguchi
Klub: “Gamba Osaka” (Yaponiya)
Yoshi: 20
Yaponiya U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo`lgan Yosuke Ideguchi ikki yil avval “Gamba Osaka”ning OChL yarim finaliga chiqishiad yordam bergan.
Suphan Thongsong
Klub: “Muangtong Yunayted” (Tailand)
Yoshi: 22
Markaziy himoyachi 2016 yili “Muangtong Yunayted”ning so`nggi to`rt yilda birinchi Tailand chempionligini qo`lga kiritishda yordam bergan. U, shuningdek, Tailand U-23 safida Osiyo chempionatida ishtirok etgan.
Jonatan Aspropotamitis
Klub: “Vestern Sidney” (Avstraliya)
Yoshi: 20
Jonatan Aspropotamitis ikki yil avval “Vestern Sidney” safida OChL chempionligi unvonini saqlab qolish uchun harakat qilgandi. O`shanda u atigi 1 o`yinda maydonga tushgan, klub esa guruh bosqichida qolib ketgandi.
Kim Syong Jun
Klub: “Ulsan Xyundai” (Janubiy Koreya)
Yoshi: 22
Kim Syong Jun o`tgan mavsumda mamlakat chempionatida “Ulsan Xyundai”ning eng yaxshi to`purari bo`ldi. Iqtidorli futbolchi OChLda yorqin o`yin ko`rsatishi kutilmoqda.
Koji Kiyoshi
Klub: “Kavasake Fronteyl” (Yaponiya)
Yoshi: 19
Yosh futbolchi 2016 yilgi yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida Yaponiya U-19 bilan chempion bo`lgandi.
Ben Garuchchio
Klub: “Adelaida Yunayted” (Avstraliya)
Yoshi: 21
Avstraliyalik futbolchi professional faoliyatini “Melburn Siti” klubida boshlagan. O`tgan yili u o`zi tug`ilib o`sgan Adelaida shahri jamoasi safiga qo`shilib, Avstraliya chempioniga aylangandi.
An Xyun Bum
Klub: “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya)
Yoshi: 22
K-Liganing o`tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi mavsum davomida 8 ta gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Jamoa yakunda 2010 yildan buyon eng natijasini qayd etgan.
Takaxiro Sekine
Klub: “Urava Red Daymonds” (Yaponiya)
Yoshi: 21
2013 yili “Urava” safiga qo`shilgan yosh futbolchi kelasi yili asosiy tarkib a`zosiga aylangan. Sekine Yaponiya U-19 termasi safida ham to`p surgan.
Kaio Lukas Fernandes
Klub: “Al-Ayn” (BAA)
Yoshi: 22
“Al-Ayn”ning eng yaxshi hujumchilaridan biri ikki kun avval “Bunyodkor” darvozasiga gol kiritgan edi. Joriy mavsumda u BAA Pro Ligasida “Al-Ayn”ning eng yaxshi to`purari bo`lib turibdi.
Almoiz Ali
Klub: “Lahviya” (Qatar)
Yoshi: 20
“Lahviya” akademiyasida tahsil olgan qatarlik futbolchi ma`lum muddat Belgiya, Avstriya va Ispaniya chempionatlarida to`p surgan. 2014 yili Almoiz Ali Myanmada bo`lib o`tgan U-19 Osiyo chempionatida 3 ta gol kiritgan, Qatar esa Osiyo chempioni bo`lgandi.
Ahmad Al Harbi
Klub: “Al-Ahli” ( Saudiya Arabistoni)
Yoshi: 22
Yosh darvozabon o`tgan yili Jidda klubida debyutini o`tkazib, jamoaning uzoq yillik posboni Yosir Al Mosaylim bilan 1-raqam uchun raqobatlik qilmoqda.
Dostonbek Hamdamov
Klub: “Bunyodkor” (O`zbekiston)
Yoshi: 20
G`oyalarga boy hujumkor yarim himoyachi ikki kun avval OChL–2017 doirasida “Al-Ayn” darvozasiga bitta gol urgandi. Yakunda Toshkent klubi mag`lubiyatga uchragan bo`lsa-da, Dostonbek Hamdamov OChL–2017 da o`zini ko`rsata oladigan istiqbolli futbolchilardan biri sifatida e`tirof etilmoqda.
Ali Alipur
Klub: “Persepolis” (Eron)
Yoshi: 21
“Persepolis” klubining OChLga qaytishi 21 yoshli Ali Alipurga o`zini ko`rsatish uchun ko`mak beradi.
Muhammad Jamol
Klub: “Al-Jazira” (BAA)
Yoshi: 22
Iqtidorli yarim himoyachi “Al-Jazira”ning mamlakat chempionatida peshqadamlik qilishiga katta hissa qo`shmoqda.
Abdulla Al Ammar
Klub: “Al-Fotih” (Saudiya Arabistoni)
Yoshi: 22
“Al-Hilol”dan ijaraga olingan futbolchi “Nasaf”ga qarshi (1:0) OChL pley-off bosqichida maydonga tushib, jamoasining guruh bosqichiga yo`l olishiga hissa qo`shgandi.
Mehran Derakshanfar
Klub: “Zob Ahan” (Eron)
Yoshi: 18
2016 yili “Zob Ahan” safida o`z debyutini o`tkazgan yosh mahorat egasi chap qanotda himoya va yarim himoyada birdek yaxshi o`yin ko`rsata oladi.
Ahmad Rashid
Klub: “Al-Vahda” (BAA)
Yoshi: 20
So`nggi ikki yil davomida yosh himoyachi jamoaning asosiy tarkib o`yinchilaridan biriga aylandi. Uning Osiyo Chempionlar Ligasida porlashi kutilmoqda.
Leo Bonatini
Klub: “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
Yoshi: 22
Braziliyada tug`ilgan italiyalik futbolchi 2016 yil yarmida “Al-Hilol” safiga qo`shilgandi. Jamoaning yosh futbolchidan umidi katta.
Farshid Ismoili
Klub: “Istiqlol” Tehron (Eron)
Yoshi: 23
Farshid Ismoili Eron U-23 terma jamoasi tarkibida U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga qadar etib borgandi. 2015 yilda “Istiqlol” safiga qo`shilgan yarim himoyachi jamoaning asosiy a`zosiga aylandi.






