1 mart kuni taqdimot marosimi bo`lib o`tgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi haqida bir qator xorijiy ekspertlar o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Jumladan, Markaziy Osiyodagi Konrad Adenauer nomli jamg`arma vakili Tomas Kunse markaz haqida quyidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi:
—Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan taraqqiyot strategiyasi mamlakat hayotida katta voqea bo`ldi. Bunga Respublikaning yangi taraqqiyot darajasiga ko`tarilgani ham guvohlik beradi. Bu rivojlangan mamlakatlarga uzoq muddatli strategik rejalashtirish imkoniyatini beradi.
O`zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan mazkur dasturli hujjat xalqaro amaliyot hujjatlariga mos keladi. Kanada, Yaponiya, Koreya respublikasi va boshqa mamlakatlar tomonidan milliy rivojlanish yuzasidan qabul qilingan strategiyalar ham ijobiy natijalarga erishishlariga yordam berganligi, hammaga ma`lum. Bunday usulni milliy iqtisodida muammolari bo`lgan, turli ijtimoiy guruhlarda samarali muloqotga erisha olmagan davlatlarda qo`llab bo`lmasligini sezdim. Ammo O`zbekiston taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatorida bo`lib, rivojlangan etakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. O`zbekistonning erishgan yutuqlari, ehtiyojlaridan kelib chiqib, taraqqiyot strategiyasi yuzasidan hujjatlar qabul qilingani, uning muhokama etilishi menda katta taassurot qoldirdi. U aholining keng qatlami, vazirlik va davlat idoralarining, shuningdek, chet ellik ekspertlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan qizg`in qo`llab-quvvatlandi. O`zEOAVMA tomonidan, parlament va boshqa hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan media haftalikda taraqqiyot strategiyasi loyihasining keng miqyosda muhokama etilganini ta`kidlab o`tmaslikning iloji yo`q. Bu o`tgan yili O`zbekiston Respublikasi prezident saylovi oldidan tashkil etilgan matbuot klubi faoliyatining davomi bo`ldi. Mazkur hujjatlar matni barcha qiziqqan odam tanishishi uchun internetga joylashtirilgani maqtovga loyiqdir. Har bir fuqaro o`z fikr-mulohazalarini elektron murojaat shaklida va tadbirda ishtirok etish jarayonida bildirish huquqiga ega bo`ldi.






