AsosiySport

Angliya Kubogi. “Manchester Siti” javob o`yinidan keyin chorak finalga chiqdi

'Angliya Kubogi. “Manchester Siti” javob o`yinidan keyin chorak finalga chiqdi'ning rasmi

Angliya Kubogi musobaqasi nimchorak final javob o`yinida “Manchester Siti” jamoasi o`z maydonida “Xaddersfild” klubini qabul qildi.

Jamoalar o`rtasidagi ilk o`yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Bu quyi divizion vakili uchun katta yutuq sifatida e`tirof etildi.

Ammo javob uchrashuvi kutilganidek “shaharliklar” ustunligida o`tdi. Yakunda Pep Gvardiola jamoasi 5:1 hisobida g`alaba qozondi.


Manchester Siti – Xaddersfild 5:1 (3:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 7 Bann, 1:1 – 30 Sane, 2:1 – 35, penalti Aguero, 3:1 – 38 Sabaleta, 4:1 – 73 Aguero, 5:1 – 90 Ixeanacho.

Manchester Siti – Bravo, Stounz, Klishi, Sabaleta, Otamendi, de Bryuyne (Delf, 75), Fernandino, Aleysh Garsiya, Sane (Navas, 81), Sterling, Aguero (Ixeanacho, 79).

Xaddersfild – Koulmen, Xadson, Xolms-Dennis, Kreyni, Gorens-Stankovich, Peyn, Billing (Xogg, 67), Lolli (Smit, 61), Uaytxed, Bann (van La Parra, 54), Kvaner.

Ogohlantirishlar: Xadson (15), Gorens-Stankovich (34).

Boshqa yangiliklar