O`zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov OFK Kubogi turniri “B” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Al-Vahda” (Suriya) – “Eyr Fors” (Iroq) uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
Aziz Asimovga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko yordam beradi. Zaxira hakami – Dmitriy Pislegin. Uchrashuvga komissar etib hindistonlik Rufus Prins tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi vazifasi Vikramatunga Nimalga yuklatildi.
Suriya klubi mazkur bellashuvning nominal mezboni bo`lgani va mamlakatda siyosiy holat barqaror bo`lmagani uchun o`yin neytral hudud – Livanda bo`lib o`tadi. Uchrashuv 14 mart kuni o`tkaziladi.






