Germaniya kubogi chorak finalidan o`rin olgan “Sportfroynd Lotte” – “Borussiya D” uchrashuvi qoldirildi.
Mezbonlarning uy stadioni bo`lgan SolarTechnics Arena chimi yomon holatda ekanligi tufayli shunday qarorga kelindi. Kuchli qor yoqqani uchun maydon yomon ahvolga kelib qoldi.
Bahs qachon va qaerda bo`lib o`tishi hozircha ma`lum qilinmagan






