AsosiySport

Italiya Kubogi “Yuventus” yarim final ilk o`yinida “Napoli”dan ustun keldi

'Italiya Kubogi “Yuventus” yarim final ilk o`yinida “Napoli”dan ustun keldi'ning rasmi

Italiya Kubogi yarim final dastlabki o`yinida “Yuventus” o`z maydonida “Napoli” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda turinliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 47 va 69-daqiqalarida Paulo Dibala penaltidan gol urdi. Yana bitta golga Gonsalo Iguain mualliflik qildi.

“Napoli” safida yagona golni Xose Kalexon kiritdi. Javob uchrashuvi Neapol shahrida bo`lib o`tadi.

Yuventus – Napoli 3:1 (0:1, 3:0)

Gollar: 0:1 – 36 Kalexon, 1:1 – 47, penalti Dibala, 2:1 – 64 Iguain, 3:1 – 69, penalti Dibala.

Yuventus – Neto, Bonuchchi, Kellini, Lixtshtayner (Kuadrado, 46), Bardzali, Pyanich, Asamoa (Aleks Sandro, 73), Xedira, Mandjukich, Dibala (Pyasa, 84), Iguain.

Napoli – Reyna, Albiol, Strinich, Majo, Kulibali, Gamshik (Zelinski, 57), Diavara, Kalexon, Rog (Pavoletti, 83), Insine, Milik (Mertens, 61).

Ogohlantirishlar: Diavara (21), Asamoa (26), Milik (38), Lixtshtayner (40), Rog (58), Majo (68), Reyna (68).

Boshqa yangiliklar