AsosiyDunyo

​Iroqning Mosul shahri aholisi och-nahor yashamoqda

'​Iroqning Mosul shahri aholisi och-nahor yashamoqda'ning rasmi

Iroqning qamalda qolgan, hukumat vakillari va IShID o`rtasida ayovsiz jang ketayotgan Mosul shahrida 750 mingdan ortiq tinch aholi tang ahvolda, och-nahor yashamoqda, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.

YuNISEF bergan ma`lumotga ko`ra, Mosul shahridagi tinch aholining teng yarmini bolalar tashkil etadi. Shahar aholisi insonparvarlik yordamiga muhtoj, oddiy suv, oziq-ovqat mahsulotlari yo`q. Hukumat vakillari va jangarilar o`rtasida bo`layotgan otishma, bombardion oqibatida tinch aholi halok bo`lmoqda. Mahalliy gospitallardan biriga bir kunda yuzlab yaradorlar keltiriladi. Aholini evakuasiya qilishning iloji yo`q.

“Men ochlikdan qochdim, uyda bir siqim un ham yo`q. Uyimni minomyotdan o`qqa tutishdi, hammasini tashlab, qochdim. Uch kecha-yu, uch kunduz piyoda yurdim. Qarindoshlarim esa qamal qilingan shaharda qolib ketdi. Eyishga ovqat, ichishga suv yo`q. Eng yomoni ular bilan aloqaga chiqishning iloji yo`qligidir”, dedi mosullik qochoqlardan biri. G`arb matbuoti Iroqda sodir bo`layotgan voqealarni ko`rib, ko`rmaslikka olmoqda. Ular faqatgina Mosulni ozod qilish uzoqqa cho`zilganiga izoh berishdi, xolo

    Boshqa yangiliklar