AsosiySport

“Monako” 18 yoshli hujumchisining narxini e`lon qildi

'“Monako” 18 yoshli hujumchisining narxini e`lon qildi 'ning rasmi

Fransiyaning “Monako” jamoasi 18 yoshli klub hujumichisi Kilian Mbappening narxini 60 mln evroga baholadi. Bu haqda L’Equipe nashri ma`lum qilmoqda.

Garchi “Monako” 18 yoshli futbolchining narxini e`lon qilgan bo`lsa-da, u bilan 2019 yilgacha mo`ljallangan shartnomasini uzaytirishni niyat qildi.

Yosh va iqtidorli futbolchiga “Barselona”, “Real”, “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Borussiya D” kabi klublar qiziqish bildirgandi.

Joriy mavsumda Kilian Mbappe Fransiya chempionatida 19 ta o`yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. Uning hisobida 7 ta golli pas ham bor.

Boshqa yangiliklar