AsosiySport

O`zbekiston milliy chempionati boshlanishiga 3 kun qoldi

'O`zbekiston milliy chempionati boshlanishiga 3 kun qoldi 'ning rasmi

Futbol bo`yicha XXVI O`zbekiston milliy chempionati start olishiga 3 kun qoldi. O`zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” hamda sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan “Bunyodkor” va “Nasaf” klublari uchun mavsum ertaroq boshlandi.

Ushbu jamoalar OChL–2017 musobaqasida ishtirok etishmoqda. “Nasaf” pley-off bosqichidan o`ta bilmadi. Guruh bosqichida qatnashayotgan “Lokomotiv” OChLdagi 2-o`yinini o`tkazdi, “Bunyodkor” esa 2-tur uchrashuvini bugun olib boradi.

O`zbekiston chempionati yangi mavsumi boshlanishidan avval “Bunyodkor” stadioni matbuot anjumanlari zalida 24 fevral kuni Oliy Liga klublarining matbuot kotiblari uchun seminar o`tkazildi.

Unda media jarayonlar, marketing, kelishilgan o`yinlarga qarshi kurash va boshqalar haqida tegishli ma`lumotlar berildi. Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.

Yangi mavsum uchun akkreditasiyadan o`tgan OAV xodimlari o`z akkreditasiya kartochkalarini 2 mart kuni olib ketillari mumkin bo`ladi. Quyida Oliy Liga–2017 1-turidan o`rin olgan uchrashuvlar anonsi keltirilgan.

Oliy Liga–2017, 1-tur

3 mart, juma

“Mash`al” – “Lokomotiv”

“Paxtakor” – “Qizilqum”

“Metallurg” – “Dinamo”

4 mart, shanba

“Sho`rtan” – “Neftchi”

“Navbahor” – “Obod”

“Qo`qon-1912” – “Nasaf”

“Buxoro” – “Olmaliq”

“Bunyodkor” – “So`g`diyona”

    Boshqa yangiliklar