AsosiyDunyo

​Aktyor Nikolay Karachensovning hayotidagi mudhish tasodif

'​Aktyor Nikolay Karachensovning hayotidagi mudhish tasodif'ning rasmi

Bundan roppa-rosa 12 yil ilgari, 2005 yilning 28 fevralida sodir bo`lgan YTH oqibatida rossiyalik aktyor Nikolay Karachensovning hayoti tubdan o`zgarib ketgandi, u 2017 yilning aynan 28 fevralida yana YTHga uchradi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

2005 yilning 28 fevral kuni Moskva shahrida Nikolay Karachensov rulni boshqara olmay, yo`l chetidagi simyog`ochga urilgan edi. O`shanda u og`ir bosh-miya jarohatini olib, bir oy komada yotgandi, bir qancha og`ir jarrohlik operasiyalarini boshdan o`tkazgandi. Oradan 12 yil o`tganiga qaramay, YTHdan keyin Nikolay Karachensov hozirgacha sog`ligini tiklay olmadi.

Bugun 28 fevral, aynan aktyor YTHga uchragan o`sha sanada, u va yaqinlari o`tirgan Toyota avtomobilini boshqarayotgan rafiqasi Lyudmila Porgina bilan birga YTHga uchradi. Ular o`tirgan avtomobil “Gazel” avtomashinasi bilan to`qnashib, ag`darilib ketdi. Avtomobildagi barcha yo`lovchilar, shu jumladan Nikolay Karachensov ham tan jarohati oldi. YTH sababchisi bo`lgan “Gazel” haydovchisiga esa hech nima qilmadi.

Boshqa yangiliklar