AsosiySport

Zoran Mamich: “Bunyodkor” tarkibida Nurmatov, Hamdamov va Shomurodov xavfli futbolchilar sanaladi

'Zoran Mamich: “Bunyodkor” tarkibida Nurmatov, Hamdamov va Shomurodov xavfli futbolchilar sanaladi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvni oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab amirliklar bosh murabbiyi Zoran Mamich hamda hujumchi Danilo Asprilla ishtirok etdi.

“Bizni qiyin o`yin kutib turibdi. “Bunyodkor” shakllangan jamoa, ular jamoaviy o`yin orqali yaxshi natijaga erishadi. Dastlabki turda “Zob Ahan”ga qarshi o`yinda ochko yo`qotdik, ammo bugun g`alaba qozonish uchun harakat qilamiz, maqsadimiz shundan iborat. “Bunyodkor” tarkibida Shahzodbek Nurmatov, Dostonbek Hamdamov va Eldor Shomurodov xavfli futbolchilar sanaladi.

“Al-Ayn” himoyadan o`ynamaydi, biz raqibga nisbatan ko`proq gol urishga harakat qilamiz. Raqib sifatli o`yin namoyish qilsa-da, ertaga g`alaba uchun maydonga tushishimizni yana bir bor aytib o`tmoqchiman. Bo`lajak o`yinda kim favorit ekanini aytish qiyin”, – dedi Zoran Mamich.

“O`yin juda muhim ekanini murabbiy ham aytdi. Bugungi o`yinga tayyormiz, g`alaba qozonishimiz kerak. “Bunyodkor” safida kuchli futbolchilar bor, ammo maqsadimiz faqat g`alaba”, — dedi Asprilla.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” va “Al-Ayn” o`rtasidagi uchrashuv ergata, 28 fevral kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar