AsosiyDunyo

​2018 yilda sayyohlar Oyga parvoz qilishlari mumkin

'​2018 yilda sayyohlar Oyga parvoz qilishlari mumkin'ning rasmi

Amerikaning SpaceX kompaniyasi 2018 yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

“Amerikalik ikki fuqaro SpaceX kompaniyasi bilan 2018 yilda Oy atrofida parvozni amalga oshirish bo`yicha o`zaro kelishib oldi. Ular Oy atrofida parvoz qilish uchun oldindan to`lovni amalga oshirdi”, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Parvoz doirasida Oy sirtiga qo`nish ko`zda tutilmagan. Ikki sayyoh va ekipaj a`zolari Falcon Heavy nomli uchuvchi raketa yordamida Dragon 2 kemasida Oyga parvoz qiladi. Hozircha Oyga uchayotgan sayyohlarning nomi oshkor etilmadi.

2002 yilda Ilon Mask tomonidan koinotga amalga oshiriladigan parvoz xarajatlarini kamaytirish maqsadida SpaceX kompaniyasiga asos solingan.

    Boshqa yangiliklar