AsosiySUG'DIYONA

​«Qish oqshomlari» kabobi

'​«Qish oqshomlari» kabobi'ning rasmi

Juftingiz bilan birga pishiring!

Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 3 osh qoshiqdan ketchup va soya sousi, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog`i, ziravorlar, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Ketchupga soya sousini soling. Kujut yog`i, qora murch va ziravorlarni ham qo`shing. Tuz shartmas.

2. Sarimsoqpiyozni yaxshilab ezib, aralashmaga solasiz-da, aralashtirasiz.

3. Tovuq go`shtini uzunasiga o`rtacha qalinlikda to`g`raysiz.

4. Tovuq go`shti ustiga marinadni soling. Kamida yarim soat marinadlab qo`ying.

5. Marinadlangan go`shtni sixlarga tortib, kabob qo`rasida yoki gaz pechida pishirib oling.

4 kishilik

1 soatu 35 daqiqa

Boshqa yangiliklar